M.A. ko`p miqdorda o`g`rilik jinoyatini sodir etgani uchun Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, unga nisbatan jinoyat ishlari bo`yicha Qarshi shahar sudi tomonidan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Bu haqda “Postda” muxbiri xabar bermoqda.
Jinoyatchi jazoni o`tashdan bo`yin tovlagan va unga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.
Qarshi shahar IIOFMB tomonidan qidiruvda bo`lgan fuqaroga nisbatan olib borilgan qidiruv ishlari davomida u Rossiya Federasiyasining Moskva shahrida ekanligi aniqlangan. Ko`p o`tmay, M.A. IIV JQBB va viloyat IIB JQB tezkor vakillari tomonidan ushlanib, respublika hududiga olib kelindi.






