Mariush Kedzerskiy boshqalarga o`xshamaydi. Uni inson metin irodasi va orzuga etishish yo`lidagi sobitqadamlikning namunasi, deyish mumkin. Taqdir uni inson uchun eng kerakli a`zolardan biri-qo`lsiz yaratdi. Mariushning bolalikdagi eng katta orzusi-musavvir bo`lish edi. Hattoki qo`llarining yo`qligi ham uning orzusiga erishish yo`lida to`siq bo`lolmadi. Uning chizgan rasmlariga boqib, bu san`at asarlarini imkoniyati cheklangan inson yaratganiga ishongingiz kelmaydi.
Mashaqqatlarga qaramay o`z orzusiga erishish yo`lini topa olgan insonlar hamma zamonlarda ham o`zgalarga o`rnak qilib ko`rsatilgan.
“Men uchun imkoniyatlarimning cheklanganligi-hayotdan to`la zavq olishim va orzuimni amalga oshirishim uchun to`siq bo`la olmaydi”, —deydi Mariush.
Musavvir asosan hayotiy portretlar chizish bilan shug`ullanadi





“San`at xuddi hayot tarzimdek 7 yildan beri menga hamrohlik qiladi. Bu vaqt oralig`ida men 700 dan ortiq rasm chizdim. Ularga 15 000 soat vaqtimni sarfladim”


“Yaqinda Evropada safarda bo`ldim. Men Berlin, Amsterdam, London, Parij, Barselona kabi yirik shaharlar ko`chalarida suratlar chizdim. Bu bilan men barcha to`siqlar faqat bizning xayolimizda ekanligini ko`rsatmoqchi bo`ldim”








