AsosiyJamiyat

Toshkent metrosida uzoqroq masofaga borgan yo`lovchi ko`proq pul to`laydigan tartib joriy etiladi

'Toshkent metrosida uzoqroq masofaga borgan yo`lovchi ko`proq pul to`laydigan tartib joriy etiladi'ning rasmi

Toshkent metrosida 2021-yilning iyun oyiga qadar tabaqalashtirilgan tarif tizimi yo`lga qo`yilishi kutilmoqda. Bu haqda O`zbekiston transport vaziri vazifasini bajaruvchi Ilhom Mahkamov “Daryo” muxbiri  bilan suhbatda ma`lum qildi.

"Bugun metro yo`nalishlari uzunligi ortmoqda. Ammo bir-ikki kilometr yurgan odam ham 1400 so`m to`laydi, 10-15 kilometr foydalangan odam ham 1400 so`m to`lamoqda. Yaqinda avtomatlashtirilgan to`lov tizimini tatbiq qildik. Bu bizga tahlil qilish imkoniyatini yaratib beradi”, — deydi Mahkamov.

Uning so`zlariga ko`ra, ikki-uch oylik tahlillardan so`ng, “kimning qancha masofa yurgani va uning tannarxga ta`siridan kelib chiqib”, tabaqalashtirilgan tarif tizimini yo`lga qo`yish rejalashtirilgan. “Bu tizim shu yilning yarmigacha ham bormay amaliyotga joriy qilinadi”, — dedi u.

    Boshqa yangiliklar