Majburiy ijro byurosining Qibray tuman bo`limi ish yurituvida Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 16.11.2020 ijro varaqasiga asosan qarzdor “O`znasilchilik” davlat unitar korxonasidan undiruvchi “Xalq sug`urta” MChJ sug`urta kompaniyasi foydasiga jami 433 mln. so`mlik so`m zarar undirish belgilangan. Bu haqda Darakchiga MIB xabar bermoqda.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor "O`znasilchilik" DKdan 433 mln. so`mlik pul mablag`larini 04.01.2021 yil kuni undirildi.
Huddi shuningdek, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 27.11.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Zamon nur groupe” MChJ.dan undiruvchi “Artum trans servis” MChJ foydasiga jami 1 490 251 420 so`m qarz undirish belgilangan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor “Zamon nur groupe” MChJdan 718 mln. 916 ming so`mlik pul mablag`lari undirilishi ta`minlandi.






