“Avatar-2” filmi 2018 yilda omma e`tiboriga havola etilishi kutilmoqda. Kartinaning birinchi qismi bundan to`qqiz yil ilgari katta ekranlarda namoyish etilgandi. S`yomka jarayonlari Yangi Zelandiyada o`tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “What Culture” nashri xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz, “Avatar” filmi rejissyor Jeyms Kemeron tomonidan 2009 yilda suratga olingan. Bu film dunyo bo`yicha eng kassabop filmlar orasida peshqadam bo`ldi, “Yulduzlar jangi” va “Titanik” filmlarini ortda qoldirib, 2,8 milliard dollar sof foyda keltirgan. Bundan tashqari, Jeyms Kemeron “Avatar” filmi turkumidan yana uchta filmni suratga olishni rejalashtirganligini ma`lum qildi.





