AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kambag`allikni qisqartirishning shartlari aytildi

'O`zbekistonda kambag`allikni qisqartirishning shartlari aytildi'ning rasmi

Ayni daqiqlarda AOKAda o`tayotgan matbuot anjumanida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirining birinchi o`rinbosari Ilhom Norqulov sohadagi islohotlar, vazifalar haqida fikr yuritdi. 

«Iqtisodiy o`sish ko`rsatkichlarini saqlab qolishga erishishimiz kerak. Bunda aholi va tadbirkorlar daromadini oshirish orqali kambag`allikni qisqartirish, aholi farovonligini ta`minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur masalaning 2 ta sharti bor:

Birinchi sharti — makroiqtisodiy barqarorlik. Bu inflyasiya darajasini pasaytirib borish, fiskal taqchilliknii kamaytirish orqali ta`minlanadi.

Davlat tashqi qarzi va qarz darajasini maqbullashtirib borishga ham alohida e`tibor qaratiladi.

Ikkinchi sharti — xususiy investisiya va to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalar uchun zarur sharoitni yaratish».

    Boshqa yangiliklar