AsosiyJamiyat

O`zbekiston musulmonlari idorasida "Internetdagi tahdidlardan himoya" kitobi taqdimoti bo`lib o`tdi

Taqdimot marosimida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Ichki Ishlar vazirligi, Din ishlari bo`yicha qo`mita mas`ul xodimlari, Oliy ta`lim muassasalarining professor-o`qituvchilari va iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasining axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi boshqarmasi boshlig`i, tarix fanlari nomzodi Muzaffar Komilov, tibbiyot fanlari doktori, professor Guli Shayxova, O`zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti Internet jurnalistikasi kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar nomzodi, dosent Sherzod Qudratxo`jaev, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahar filiali ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori, siyosiy fanlar doktori, professor Shuhrat G`oyibnazarovlar so`zga chiqdi.

Aydarbek Tulepovning “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobi “Movarounnahr” nashriyotida 372 sahifa hajmida 3000 nushada chop etilgan. O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan o`tkazilgan respublika ko`rik tanlovida “Yilning eng yaxshi kitobi” deb topilgan va birinchi darajali Diplom bilan taqdirlangan.

    Boshqa yangiliklar