AsosiyJamiyat

Sud tizimi: yangi yildagi ilk tayinlov va... ilk jazolar

'Sud tizimi: yangi yildagi ilk tayinlov va... ilk jazolar'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda kengash matbuot xizmati ma`lum qilmoqda. 

Yig`ilishda 5 yillik vakolat muddati tugagan bir necha nafar sudyalarni yangi muddatga tayinlash, shuningdek ayrimlarini (vakolat muddatiga) qayta tayinlash masalasi ko`rib chiqildi. 

Tayinlovga oid barcha jarayonlar zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositasida ochiq-oshkora o`tdi. Unda ommaviy axborot vositalari  vakillari ham hozir  bo`ldi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 6 nafar nomzod navbatdagi 10 yillik muddatga, yana uch nafar sudya vakolat muddatiga qayta tayinlandi, 2 nafari zaxiraga qoldirildi. Zaxirada qolganlarga bir oydan keyin yana bir bor o`z omadini sinab ko`rish imkoniyati beriladi.

Shuningdek, kengash sudyalik faoliyatida xato-kamchiliklarga yo`l qo`ygan 4 nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortish masalasini ham muhokama qildi. 

Pirovardida, ularning 3 nafarini intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik berdi, bir nafariga nisbatan rad etdi.

Eslatib o`tamiz, sudyalarga nisbatan intizomiy choralari  (Sudyalar oliy kengashi rozilik bildirganidan so`ng) tegishli malaka hay`atlari tomonidan qo`llaniladi.

    Boshqa yangiliklar