Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Avtobus haydovchilari klient talashib, rulda o`tirgan haydovchini urib ketdi" mavzusidagi video yuzasidan “Toshahartransxizmat” AJ Rasmiy munosabat bildirdi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur videodagi holat, bundan ikki yil avval ya`ni, 2019 yil yanvar oyida Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qora-qamish 2/4 dahasidagi avtoshohbekatda sodir bo`lgan.
Ikkala haydovchi, "18-Avtobus saroyi" MChJ tasarrufidagi 87-sonli yo`nalishda xizmat ko`rsatib kelgan. Haydovchilar avtobus shohbekatiga etib kelishi zahoti, 87-sonli avtobus haydovchi A.S. hamkasbi Sh.E. avtobusiga chiqib, haqoratlab janjal yuzaga keltirib, o`rtada mushtlashuv sodir bo`lgan.
Ushbu holat, “18-Avtobus saroyi” MChJ rahbariyati tomonidan, ishchi surishtiruv tashkillashtirib, janjalning kelib chiqishiga, 87-sonli yo`nalishda haydovchilarning harakatlanishi uchun belgilangan jadvalning buzilishi sabab, o`zaro mushtlashuv sodir bo`lganligi aniqlangan. Shundan so`ng, “18-Avtobus saroyi” MChJ tomonidan, haydovchi Sh.E.ga nisbatan, 2019 yil 19 yanvardagi 192-sonli hamda haydovchi A.S.ga nisbatan, 2019 yil
11 fevraldagi 215-sonli buyruqlariga asosan haydovchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Hozirda, yuqorida keltirilgan ikkala haydovchilar 2019 yildan buyon, “18-Avtobus saroyi” MChJda xizmat ko`rsatmasligini ma`lum qilamiz.
Eslatib o`tamiz, “Axborotlashtirish to`g`risida”gi qonunning 121-moddasi 2-qismiga muvofiq veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo`lgan axborot joylashtiriladigan internet jahon axborot tarmog`idagi o`z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo`lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to`g`riligini tekshirishi, shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto`g`riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o`chirib tashlashi shartligi bildirib o`tamiz, deyiladi munosabatda.






