Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev Telegramdagi shaxsiy sahifasida "Terimning qalini - jonimni huzuri" nomli maqola e`lon qildi. Deputat bu maqolada tadbirkorlik sub`ektlari orqali byudjet mablag`larini o`g`irlash bilan shug`ullanib kelayotgani haqida yozgan.
So`nggi vaqtlarda hududlardagi ayrim mas`ullar: viloyat hokimlari, o`rinbosarlari va tender o`tkazishga mas`ul rahbarlarning "o`z cho`ntaklari" sifatidagi tadbirkorlik sub`ektlari orqali byudjet mablag`larini o`g`irlash bilan shug`ullanib kelishayotgani yashirib bo`lmas darajaga chiqdi.
Bu o`zining ustun mavqesidan foydalanib qilinayotgan ochiq o`g`irlik. Buning boshqa shakli korrupsiya. O`g`irlik va korrupsiya esa doimo jinoyat hisoblangan. Lekin negadir bu ishlar hozircha nazorat organlariga jinoyat bo`lib ko`rinmayapti. G`alatimasmi?
Eng yomoni biror bir hudud mas`uli byudjet mablag`larini qarindosh va yaqinlari orqali o`zlashtirilishini tayinli javob bilan rad qilgani ham yo`q. Demak bularning bari rost va ular buni inkor qilishmayapti. Shunchaki bez-betlik: terimning qalini jonimni huzuri, deganlaridek.
Mazkur holatga nafaqat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, prokuratura balki parlament va jamoatchilik ham jim qarab turmasligi, bu kabi o`g`irlik va korrupsiyaga toqatsiz munosabatda bo`lishi shart.
Biz prokuraturadan bu ishlar bo`yicha tezkor choralar ko`rilishini kutib kutamiz.






