AsosiyJamiyat

Toshkentdagi bir nechta yo`llar oy oxiriga qadar yopildi

'Toshkentdagi bir nechta yo`llar oy oxiriga qadar yopildi'ning rasmi

Tolimarjon va Farg`ona yo`li ko`chalari kesishmasida olib borilayotgan yo`l ta`mirlash ishlari sababli 31 yanvarga qadar ba`zi yo`llar yopiladi deya xabar berdi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Xususan:

1) Sayxun ko`chasidan Farg`ona yo`li ko`chasiga to`g`ri chiqish yo`li;

2) Farg`ona yo`li ko`chasidan Sayxun  ko`chasiga to`g`ri tushish yo`li;

3) Tolimarjon ko`chasidan Farg`ona yo`li ko`chasiga burilish — «O`zelektroapparat» zavodidan «Farg`ona» dehqon bozori yo`nalishda;

4) «Islom ota» masjididan «O`zbek qog`ozi» OAJ yo`nalishdagi dublyor yo`li

Xabarda aytilishicha, mazkur yo`l qismida yo`l ta`mirlash ishlari jarayonida transport oqimini taqsimlash uchun Sayxun va Farg`ona yo`li ko`chalari oralig`idagi qaytish yo`l bo`ylab ikki tomonlama harakatlanish ochiladi.

Boshqa yangiliklar