1

Samarqanddan uy ijaraga olib, qimorxona tashkil qilgan ishtixonlik yigitga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 12.01.2021, 09:19
Samarqanddan uy ijaraga olib, qimorxona tashkil qilgan ishtixonlik yigitga jinoyat ishi qo`zg`atildi

2021 yil 8 yanvardan 9 yanvarga o`tar kechasi soat 01:00 larda Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB 2-son IIB JQB xodimlari tomonidan Samarqand shahar "Qorasuv" maskani, "Obod" mahallasi 11-uyda tezkor tadbir o`tkazildi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati. 

Tadbir davomida ushbu uyda ijarada yashab kelgan, Ishtixon tumani "Yangikent" mahallasi "Jonrohat" qishlog`ida ro`yxatda turuvchi, 1989 yilda tug`ilgan S.I. uyning alohida xonasini tavakkalchilikka asoslangan “qimor” o`yinini o`tkazish uchun tashkil qilib, 4 nafar tanishlariga uyin uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Qimorbozlar davrasidan karta kalodalari, 3.685.000 so`m pul va 100 AQSh dollari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.      

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 278-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish) 1-kismi bilan jinoyat ishi ko`zg`atildi, deyiladi xabarda.   

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1