Mail.ru Groupning rasmiy xabariga ko`ra, Rossiyaning “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilar orasida pul o`tkazmalari jo`natishni yo`lga qo`ydi.
VTB24 banki yangi loyiha bo`yicha ijtimoiy tarmoqning hamkoriga aylandi. Pul vositalarini o`tkazish “Odnoklassniki”da ham, iOS va Android mobil ilovalarda ham veb-talqin tarzida ishlaydi. Pulni yuborish uchun jo`natuvchi pul echib olinadigan kartani va to`lovni qabul qiluvchi kishini aniqlab olishi zarur bo`ladi.
Shunisi e`tiborliki, pulni yuborishda qabul qiluvchining karta raqamini bilish talab etilmaydi – buni tizimning o`zi mustaqil ravishda bajaradi. Agar pul o`tkazmasi uch kun mobaynida qabul qilib olinmasa, jo`natilayotgan pul egasiga qaytarib yuboriladi.





