Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh pedagogika kolleji direktori Ibraym Matchanov vafot etdi. Bu haqda xabar qilgan Maktabgacha taʼlim vazirligi jamoa nomidan marhumning yaqinlariga taʼziya izhor qildi.
Maʼlumot o‘rnida:
Marhum 1980 yili Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. 2014 yildan to hozirgi kunga qadar Taxiatosh pedagogika kollej direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
I.Matchanov o‘zining bilimdonligi, ishchanligi, maʼnaviy yetukligi bilan ijtimoiy iqtisodiy va hayotiy masalalarni yechimini topish, berilgan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish kabi qobiliyatlarni namoyon qilib kelgan rahbar xodimlardan biri edi, deyiladi xabarda.






