AsosiyJamiyat

92 nafar yo`lovchiga 156 million so`mdan ortiq aviachiptalar puli undirib berildi

'92 nafar yo`lovchiga 156 million so`mdan ortiq aviachiptalar puli undirib berildi'ning rasmi

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi iste`molchilar foydasiga 156 million so`mdan ortiq aviachiptalar pulini undirib berdi. Bu haqda "Darakchi"ga federasiya mas`ullari ma`lum qildi.

Dunyoning boshqa mamlakatlari qatori yurtimizga ham «COVID19» infeksiyasi kirib kelishi oqibatida 2020 yilning 16 martidan barcha yo`nalishdagi aviaqatnovlar vaqtinchalik cheklangan edi. Parvozlar qoldirilishi oqibatida yo`lovchilar to`lagan mablag`larini qaytarib berishlarini so`rab o`zlari  aviachipta xarid qilgan shoxobchalarga murojaat qila boshlagan. Ammo ko`p hollarda iste`molchilarning murojaatlariga asossiz bahonalar keltirilib, qator tushunmovchiliklar yuzaga kela boshladi. Qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida iste`molchilar yordam so`rab, O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasiga murojaat qila boshlashdi.  

Jumladan, birgina Buxoro viloyatini olaylik. O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasiga o`tgan yil davomida aviachiptalar bilan bog`liq, yozma va og`zaki shaklda 92 nafar murojaat kelib tushgan bo`lib, ushbu murojaatlar ijobiy hal etilishi natijasida iste`molchilarga 156.019.581 so`m qaytarib olib berilgan.                    

    Boshqa yangiliklar