1

Buxoroda 22 yoshli ayol hali tug`ilmagan bolasini 50 million so`mga "kelishib qo`ydi", "avans" olayotganida esa...

Jinoyat 13.01.2021, 12:09
Buxoroda 22 yoshli ayol hali tug`ilmagan bolasini 50 million so`mga "kelishib qo`ydi", "avans" olayotganida esa...

2020 yilning dekabr oyida 22 yoshli M.R. Buxoro shahrida joylashgan kafelardan birida ofisiant bo`lib ishlab yurgan vaqtida ushbu kafega mijoz sifatida kelgan fuqaro F.E. bilan tanishib qolgan.

M.R. suhbat davomida F.E.ga homilador ekanini, to`rt oylik homilasi borligi va moddiy jihatdan qiynalayotgani, kelgusida tug`ilajak farzandini moddiy tomondan ta`minlay olmasligini, farzandini dunyoga keltirgandan so`ng sotish niyati borligini ma`lum qilgan hamda F.E.ga to`rt oylik homilasini sog`lom holda tug`ib, 50 000 000 so`m evaziga sotishni taklif qilib, oldindan avans tariqasida 25 000 000 so`m so`ragan. 

IIV huzuridagi Tergov departamentining xabariga ko`ra, joriy yilning 6 yanvar kuni soat 19:00da Buxoro shahar A.Jome` ko`chasida joylashgan «Al-Pari» restorani oldida M.R. fuqaro F.E.dan 20 000 000 so`m va 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 135-moddasi 1-qismi (odam savdosiga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida M.R. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1