AsosiyJamiyat

Toshkentda "TOYOTA" haydab ketayotgan Qirg`iziston fuqarosi uxlab qolib, YTHga uchradi

'Toshkentda "TOYOTA" haydab ketayotgan Qirg`iziston fuqarosi uxlab qolib, YTHga uchradi'ning rasmi

2021 yilning 12 yanvar kuni soat 21.35 lar atrofida Bektemir tumanidagi Sharq YPX posti yaqinida Qirg`iziston Respublikasi fuqarosi YTHga uchradi deya xabar bermoqda IIBB axborot xizmati. 

32 yoshli Samit A, o`zining boshqaruvidagi “TOYOTA LAND CRUISER” rusumli (davlat raqami 01 KG 828 AHJ) avtomobil, 55 yoshli Beknazarov R.ning boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli (davlat raqami 01 V 317 XA) avtomobil bilan to`qnashgan, so`ng beton to`siqqa urilgan. Dastlabki ma`lumotga ko`ra, YTHning sababi "TOYOTA" haydovchisi rulda uxlab qolgan. 

YTH natijasida yo`lovchi – Samarqand viloyatida tug`ilgan 25 yoshli Gulsara A. tan jarohati olib, tibbiy muassasaga joylashtirilgan.

“Hurmatli haydovchilar! Yo`lga chiqishdan avval, shuningdek transport vositasini boshqarayotganda doimo o`zingizning holatingizni ob`ektiv va tanqidiy baholang. Agarda siz kasallik tufayli holsizlik sezsangiz yoki uyqingiz kelsa – o`zingizni va yo`l harakati qatnashchilarining sog`lig`ini va hayotinini asrash, shuningdek mulkingizga shikast etkazilishini oldini olish maqsadida - rulga o`tirmang, boshqaruvni to`xtating”,– deyiladi IIBB axborotida.

Boshqa yangiliklar