AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida yana bir chet el universiteti filiali tashkil etiladi

'Toshkent shahrida yana bir chet el universiteti filiali tashkil etiladi'ning rasmi

2021 yil 12 yanvar kuni Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta`lim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezident qarori qabul qilindi.  Bu haqda Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Qarorga muvofiq, filial:

  • universitetning alohida tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi;
  • ta`lim faoliyatini 2021/2022 o`quv yilidan boshlaydi;
  • kadrlar tayyorlashni kunduzgi, keyinchalik sirtqi va boshqa ta`lim shaklida olib boradi;

 

Filialga talabalarni o`qishga qabul qilish davlat granti hamda to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.  Bunda, davlat granti asosida ta`lim olgan filial bitiruvchilari uch yildan kam bo`lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan O`zbekiston Respublikasining davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi deyiladi xabarda.

Qarorda belgilanishicha, yangi tashkil etilgan chet el oliygohi filialida quyidagi bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassislari bo`yicha kadrlar tayyorlanadi:

  • Filologiya (sharq tillari bo`yicha);
  • Mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti (sharq mamlakatlari bo`yicha);
  • Biotibbiyot (kimyo, fizika, psixologiya va boshqalar).

Boshqa yangiliklar