AsosiyJamiyat

Elektron yuk xati to`g`risidagi Bayonnoma O`zbekiston uchun kuchga kiradi

'Elektron yuk xati to`g`risidagi Bayonnoma O`zbekiston uchun kuchga kiradi'ning rasmi

Transport vazirligi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 2021 yil 14 yanvar kuni Yuklarni xalqaro yo`llarda tashish shartnomasi to`g`risidagi Konvensiyaning elektron yuk xatiga (e-CMR) oid 2008 yil 20 fevralda Jeneva shahrida imzolangan Qo`shimcha bayonnomasi O`zbekiston Respublikasi uchun kuchga kiradi.

O`zbekiston ushbu Bayonnomaga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 sentabrdagi PQ- 4842 - sonli qaroriga muvofiq qo`shilgan. 

Mazkur hujjat elektron aloqa vositasi orqali tashish shartnomasini tuzish tartibini soddalashtirish va tezlashtirishni,  yuk xatining qog`oz shaklidagi nusxasi bilan teng yuridik kuchga ega bo`lgan elektron yuk xatini joriy etishni nazarda tutadi.  Shu bilan birga,  Bayonnomada ishtirok etish qog`oz shaklidagi hujjatlardan foydalanishni cheklamagan holda e-CMRdan foydalanishga bosqichma-bosqich o`tishni ta`minlaydi.

 

    Boshqa yangiliklar