AsosiyJamiyat

Qanday ayollar «Ayollar daftari»ga kiritiladi?

'Qanday ayollar «Ayollar daftari»ga kiritiladi?'ning rasmi

AOKAda  Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi ishtirokida o`tkazilayotgan matbuot anjumanida  ma`lum qilinishicha, joylardagi har bir sektor kesimida mahallabay asosda

▫️30 yoshdan oshgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar,

▫️boquvchisini yo`qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar,

▫️ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo`lgan xotin-qizlar,

▫️uy-joyini ta`mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo`lgan xotin-qizlar,

▫️noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o`zining yoki birgalikda yashovchi oila a`zolarining nomida turar joyi mavjud bo`lmagan xotin-qizlar,

▫️qaramog`ida bir yoki undan ortiq I va II guruh nogironligi bo`lgan bolalari mavjud yolg`iz ayollar,

▫️tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar,

▫️huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar,

▫️psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar «Ayollar daftari»ga kiritib boriladi va ularga manzilli yordam ko`rsatiladi.

    Boshqa yangiliklar