AsosiyJamiyat

Toshkentning Qoratosh ko`chasida tirbandlik yuzaga keldi(Foto)

Toshkent shahri Qoratosh ko`chasida deyarli har kuni tirbandlik kuzatiladi, deb xabar beradi “Darakchi” mobil muxbiri Nafisaxon Eshonxonova.

Bugun ham soat 8:30 larda aynan mana shu ko`chada katta tirbandlik yuzaga kelgan.

 

“Svetofor ishlab turibdi, ammo avtomobillar juda sust harakatlanmoqda. Bunday holat Qoratosh ko`chasida deyarli har kuni ertalab kuzatiladi.  Bu ko`chada yana bir holatga guvoh bo`laman. Bir-biriga juda yaqin turgan avtomobillar orasida yosh bolasini etaklab olgan tilanchilar ham qaysidir ma`noda mana shu tirbandlik sababchilari deyish mumkin. Ayrim hollarda nogironlik aravachasidagi farzandlarini avtomobil yo`liga qo`yib, o`zlari haydovchilardan pul yig`ayotgan paytda svetoforning yashil chirog`i yonib, harakat boshlanib qoladi. Nogironlik aravachasi yo`lning chetki bo`lagidan olingunga qadar haydovchilar harakatlanishga biroz qiynalmoqda”, — deydi mobil muxbirimiz.

Eslatib o`tamiz, siz ham o`zingiz guvohi bo`layotgan qiziqarli voqea-hodisalar tafsilotlarini “Darakchi.uz”ning Telegram`dagi manziliga jo`natishingiz mumkin.

 

  

    Boshqa yangiliklar