1

Jo`ja o`g`rilariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 13.01.2021, 23:00
Teglar: Fribgarlik
Jo`ja o`g`rilariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

2020 yilning fevral oyida Bo`ston tumanida tovuq boqish bilan shug`ullanayotgan fuqarolar 30 yoshli Mansurbek I, va Furqat K, lar   ulug`norlik Hayotbek Yu, bilan bitim tuzishib, unga tegishli bo`lgan jami narxi 80 mln. so`mlik 20 ming ta jo`jalarini olib, ushbu jo`jalarni boqib, katta qilib, sotilganidan so`ng foydasini o`zaro Hayotbek Yu., bilan bo`lishib olishga kelishib, jo`jalarni hamda ularni boqish uchun umumiy qiymati 155 mln. so`mlik 37 tonna miqdordagi em mahsulotlarini olib, so`ngra bir qancha muddatdan so`ng toshkentlik fuqaroga jo`jalarni 14 tonna go`sht hisobida 227 mln. so`mga sotib yuborib pullarini o`zlarining ehtiyojlari yo`lida ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Hayotbek Yu, Ulug`nor tumani IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib yuqoridagi shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Mazkur holat yuzasidan Ulug`nor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Mansurbek I. va Furqat K, larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov jarayonlari olib borilmokda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1