AsosiyJamiyat

Prezidentning Farg`ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri vafot etdi

'Prezidentning Farg`ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri vafot etdi'ning rasmi

Ichki ishlar organi faxriysi iste`fodagi polkovnik Boborahimov G`ulomjon Madaminovich vafot etdi. Bu haqda xabar bergan Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan marhumning qarindoshlari va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etdi.

Babarahimov G`ulomjon Madaminovich ayni damga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg`ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Boborahimov G`ulomjon Madaminovichning yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo`lidagi sadoqatli xizmati uning safdoshlari va shogirdlari yodidan hech qachon o`chmaydi. 

 

    Boshqa yangiliklar