O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 14 sentyabr kuni imzolangan «Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartishlar kiritish to`g`risida»gi qonunga muvofiq, Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashining o`tkazilgan navbatdagi sessiyasida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati tashkil etildi.
19-Zafar saylov okrugidan deputat, O`zbekiston «Xalq» demokratik partiyasidan Mirishkor tuman Kengashi a`zosi Azamat Hamraev Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri etib tasdiqlandi.
Shuningdek, ma`lum qilinishicha, Xalq deputatlari Koson, G`uzor, Dehqonobod, Chiroqchi, Qamashi tumanlari Kengashi kotibiyatlari ham tashkil etildi.






