AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura Samarqandda 3 nafar bolaning o`limiga sabab bo`lgan zaharlanish yuzasidan ma`lumot berdi

'Bosh prokuratura Samarqandda 3 nafar bolaning o`limiga sabab bo`lgan zaharlanish yuzasidan ma`lumot berdi'ning rasmi

Kuni kecha Samarqand viloyati, Kattaqo`rg`on tumani, «Go`zal» MFY, Qozoqovul qishlog`ida bir oilaning besh nafar a`zosi kelib chiqishi noma`lum bo`lgan zaharlanish oqibatida jabrlangani va oilaning uch farzandi vafot etgani haqida xabar qilingan edi. 

Mazkur ayanchli hodisa yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati "darakchi.uz"ga qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum bo`lishicha, 2021 yil 12 yanvar kuni soat 1000 larda Kattaqo`rg`on tumani Do`stlik mahallasida yashovchi D.J. (1986 y.t.), uning turmush o`rtog`i S.O. (1991 y.t.), voyaga etmagan farzandlari S.P. (10.05.2012 y.t.), M.P. (04.07.2016 y.t.) va Sh.P. (22.12.2019 y.t.)lar yashash uyi xonasida is gazidan zaharlanish alomatlari bilan yaqin qarindoshlari tomonidan topilgan.

Voyaga etmagan S.P., M.P. va Sh.P.lar hodisa joyida vafot etishgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining birlamchi ma`lumotida, voyaga etmagan S.P., M.P. va Sh.P.larning o`limi is gazidan zaharlanish natijasida yuzaga kelganligi ko`rsatilgan.

D.J. va S.O.larga is gazidan zaharlanish tashxisi  bilan zarur tibbiy muolajalar ko`rsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar