2021 yil 14 yanvar kuni Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari COVID-19 infeksiyasi ilk bor aniqlangan Xitoyning Uxan provinsiyasiga kelib tushdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyasiga asoslanib Tass xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Singapurda joylashgan Scoot samolyoti Uxan xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 11: 05da qo`ngan. Avvalroq Xitoy rasmiylari xabar berganidek, mamlakatda amal qilayotgan qoidalarga ko`ra, mutaxassislar 14 kunlik karantindan o`tishlari kerak, shu vaqtda ular Xitoyning videoaloqa mutaxassislari bilan maslahatlashadilar.
Eslatib o`tamiz, 5 yanvar kuni Jenevada bo`lib o`tgan brifingda JSST rahbari Xitoy hukumati xalqaro ilmiy ekspertlar guruhining kelishiga ruxsat berish masalasini kechiktirgani hafsalasini pir qilayotganini aytgandi. Keyinchalik Pekinda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chuninning ta`kidlashicha, bu kechikish "pandemiya holatidagi rasmiy proseduralarning o`ziga xos xususiyatlari" bilan bog`liq. Delegasiya tarkibiga Rossiya, Avstraliya, Daniya, Germaniya, Keniya, Yaponiya, Niderlandiya, Qatar, Sudan, Buyuk Britaniya, AQSh va Vetnamdan kelgan mutaxassislar hamda ularning Xitoydagi hamkasblari kirdilar. Avvalroq JSST birinchi marta koronavirus infeksiyasining manbasini qidirishni Xitoyning Vuxan shahridan boshlash kerakligini ta`kidlagan edi.
Pandemiya boshlanganidan buyon dunyoda 91,6 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 1,9 milliondan ortig`i vafot etgan.