1

Kun hikmati

Mutolaa 03.02.2016, 10:52
Kun hikmati

Chin so`z - mo``tabar, yaxshi so`z qisqa - muxtasar. Ko`p so`zlovchi - zeriktiruvchi, qayta-qayta gapiruvchi - aqldan ozgan. Ayb izlovchi - aybli, kishi aybini gapiruvchi - o`ziga yomonlik sog`inuvchi. To`g`rilik bilan qarovchi - pokiza nazarli, kishilarning yaxshi tomonlarini ko`ruvchi - to`g`ri nazarli. Kimning miyasida illat bo`lsa - so`zida mantiq bo`lmaydi. Miyasi sog`lom bo`lsa, gap-so`zi yoqimli va xatosiz bo`ladi. So`zi hisobsiz - o`zi hisobsiz. So`zida parishonlik - o`zida pushaymonlik. Agar so`z go`zallik ziynati bilan bezalmagan bo`lsa - unga chinlik bezagi etarlidir! Yolg`onchining gapi qanchalik chiroyli bo`lsa, shunchalik qabihdir. Chin so`z qanchalik betakalluf bo`lmasin, so`zlovchi uchun taassuf yo`qdir. Gul libosi yirtiq bo`lsa ham ziyonsiz, sadaf xunuk bo`lsa ham inju uchun nuqsonsiz.

Alisher Navoiy

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1