AsosiyJamiyat

Bosh vazir o`rinbosari Jamshid Qo`chqorovga parlament so`rovi yuborildi

'Bosh vazir o`rinbosari Jamshid Qo`chqorovga parlament so`rovi yuborildi'ning rasmi

2021 yil 13 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Jamshid Qo`chqorovga “O`zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish borasida hukumat tomonidan belgilangan ustuvor yo`nalishlarni amalga oshirish bo`yicha olib borilayotgan ishlar to`g`risida” Qonunchilik palatasining parlament so`rovini yuborish haqida qaror qabul qilindi.

O`zbekiston Respublikasida kapital bozorining bugungi rivojlanish holati moliya sektorining boshqa ishtirokchilari, xususan bank va sug`urta bozorlariga nisbatan sust darajada qolishiga sabab bo`lmoqda. Ayni paytda O`zbekiston fond bozorining kapitallashuvi yalpi ichki maxsulotga nisbatan 1 foizni tashkil qilyapti. Bu ko`rsatkich Qozog`istonda 22 foiz, Rossiyada 35 foiz, Xitoyda 46 foiz, Janubiy Koreyada 87 foiz, Malayziyada 112 foiz hamda AKShda 149 foizni tashkil qiladi. 

Bunday holatni tuzatishning tizimli echimlarini topish borasida ilmiy-tadqiqot ishlari ham zamonaviy talab darajasida olib borilmagan, tadqiqot ishlarida xorijiy olim va ekspertlarning ishtiroki sezilarli darajada emas. Shu bilan bir qatorda, kapital bozorini rivojlantirishning strategik yo`nalishlari bo`yicha yo`l xaritalarida xalkaro tashkilotlar bilan qimmatli kog`ozlar bozoriga oid integrasion aloqalarni o`rnatish konsepsiyasi belgilangan bo`lsada, mazkur strategiya bugungi kungacha qabul qilinmagan. 

Boshqa yangiliklar