1

Jazo muddatini o`tayotgan shaxslarga yaqin qarindoshlari bilan uchrashish vaqti uzaytirildi

Jamiyat 14.01.2021, 12:17
Teglar: IIV
Jazo muddatini o`tayotgan shaxslarga yaqin qarindoshlari bilan uchrashish vaqti uzaytirildi

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha,  koronavirus infeksiyasi kasalligi alomatlari jazo muddatini o`tayotgan shaxslar va ularning yaqinlaridan aniqlanmaganligini inobatga olib, uchrashuvlarni uch sutkaga uzaytirish belgilandi.

Xabarda aytilishicha, karantin qoidalariga qat`iy rioya etgan holda, haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari uzoq muddatli uchrashuv berish tavsiya etiladi.

Shuningdek, jazo muddatini o`tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari (shu jumladan 6 yoshdan oshgan farzandlari) uchrashuvga 48 soatdan ko`p bo`lmagan muddat oralig`ida koronavirusga test topshirgani va natija manfiyligini – virus yo`qligini tasdiqlovchi ma`lumotnoma bilan kelishlari talab etiladi.

Eslatib o`tamiz, 2020 yilning 14 noyabr kunidan jazoni ijro etish koloniyalarda jazo muddatini o`tayotgan shaxslarga yaqin qarindoshlari bilan, karantin talablariga qat`iy rioya qilgan holda, faqatgina bir sutka davomida uzoq muddatli uchrashuv berilishi yo`lga qo`yilgan edi.

Sharhlar

Ichki ishlar vazirligida bir qator tayinlov amalga oshirildi

03.09.2021, 16:22

Ichki ishlar vazirligida bir qator tayinlov amalga oshirildi.Podpolkovnik Nigmatov Ruftullo Olimjonovich IIV Akademiyasi boshlig`ining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.Tayinlovga qadar R.Nigmatov O`zbekiston...
Hamshirani sochidan tortib sudragan farg`onalik erkak IIO ning sobiq xodimi ekanligi ma`lum bo`ldi

28.08.2021, 07:55

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi roddomda xamshiraning sochidan tortib sudrab chiqayotganligi aks etgan videoxabar tarqalgani haqida xabar bergan edik. Shundan Sog`liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan dastlabki...
Farg`onada qidiruvdagi ikki qochoq qo`lga olindi

20.08.2021, 12:23

19 avgust kuni Farg`ona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e`lon qilingan X.J.ni qo`lga olishdi.Bundan tashqari, Uchko`prik...
Farg`onada yashash xonadonini qimorxonaga aylantirgan shaxs qo`lga olindi

01.08.2021, 16:10

28 iyul kuni Dang`ara tuman IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Tumor MFY hududida yashovchi A.F yashash xonadonida 3 nafar shaxslarga qimor o`ynashlari uchun...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1