ZF 2001 vaksinasi sinovlari haqida kunlik ma`lumot taqdim etildi.
2021 yilning 13 yanvar holatiga umumiy tashrif buyurganlar - 5929 nafar, koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasining III faza sinovlarida ishtirok etgan fuqarolar soni jami 2129 kishini tashkil etdi.
Ularning hammasi ham vaksina bilan emlanmagan, ayrimlariga plasebo, ya`ni vaksina bilan bir xil ko`rinishga ega, o`zida nomzod vaksina yoki dori vositasini saqlamagan birikma yuboriladi. Ushbu sinov ikki tomonlama noma`lum bo`lganligi uchun na shifokor va na ko`ngilli vaksina yoki plasebo olganini bilmaydi.
Ko`ngillilar ro`yxatdan o`tishga taklif etilmoqda!






