O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun, 15 yanvarda kunduz kuni respublika hududlariga iliq havo massalari kirib kelishi davom etadi. Kam bulutli, yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo`nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-18° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda havo quyoshli bo`ladi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Kuchsiz shamol 3-8 m/s tezlikdan ko`p bo`lmaydi. Havo 15-17° iliqgacha isiydi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo bahoriy iliq bo`ladi. Yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Mayin shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Qor ko`chishi xavfi bor. Kunduzi harorat 10-15° iliqgacha ko`tariladi.






