AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan alkogol va tamaki reklamasi olib tashlanadi

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi ijtimoiy tarmoqlarga umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarini iste`mol qilish reklamasi va targ`iboti joylashtirilishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha choralar ko`rmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Qo`mita mutaxassislari qonunchilikka zid reklama aksiyalariga misollar keltirdi. Ulardan birida bitta alkogol ichimlikni buyurtma qilish orqali, ikkinchisini bepul qo`lga kiritish imkoniyati haqida aytiladi.

Qo`mita umumiy ovqatlanish korxonalari, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ogohlantiruvchi xususiyatga ega bo`lgan, jumladan, bunday reklama va targ`ibotni to`xtatish haqida maktublar jo`natdi.

Ba`zi tashkilotlarga nisbatan ish qo`zg`atildi, ular reklama to`g`risidagi qonunchilikning buzilishiga yo`l qo`yilmaslik haqida ko`rsatmalar oldi, ularning mansabdor shaxslari esa ma`muriy jazolarni o`tadi.

O`tgan yilda qo`mita tomonidan 560 ta reklamaga oida qonunbuzilish holatlari qayd etilgan. 200 nafar qonunbuzarlardan 121,2 million so`m jarima undirilgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar