Mirzo Ulug`bek tuman hokimligi Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, 2021 yil 15 yanvar soat 10:00 dan 16.01.2021 yil 16 yanvar soat 20:00 gacha tumandagi ob`ektlarda toza ichimlik suvi ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
Bunga tumanda joylashgan Neyroxirurgiya kasalxonasi oldidagi ichimlik suvi tarmog`ida nosozlik yuzaga kelishi sabab bo`lgan.
Shu munosabat bilan quyidagi manzillarga toza ichimlik suvi ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
- “Navro`zobod “mahallasi, “Qorasuv” qarorgohi;
- Neyroxirurgiya kasalxonasi;
- Axmad Yugnakiy sport kompleksi;
- Geofizika shaharchasi:
- “Uzbekgeofizika” AJ;
- Mazkur hududda joylashgan 3-mahalliy qozonxona;
3-mahalliy qozonxonaga suv ta`minoti to`xtatilishi sababli, mazkur hududdagi ko`p qavatli uylar va “Uzbekgeofizika” AJda ham issiqlik ta`minoti vaqtincha tarmoqdan uziladi.






