AsosiyJamiyat

Nega odamlar biror holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmasdan o`zi jazolashga qaror qiladi?

'Nega odamlar biror holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmasdan o`zi jazolashga qaror qiladi?'ning rasmi

Bosh prokuratura mas`ul xodimi Shokir Nazarovning ta`kidlashicha, «Samosud» shaxslarning huquqni muhofaza qilish organlariga nisbatan ishonchsizligi emas, qonunlarni bilmasligi yoki bila turib mensimasligidan kelib chiqmoqda.  U bu haqda AOKAda o`tkazilgan «Samosud»ning huquqiy oqibatlari, uni oldini olish bo`yicha ko`rilayotgan choralar» mavzusidagi matbuot anjumanidan ma`lum qilgan. 

" - Tergov jarayonlarida shu narsaga guvoh bo`ldikki, odamlar jahl ustida yoki o`z xatti-harakatlari qonuniy javobgarlikni keltirib chiqarishini bilmagan holda «samosud»ga yo`l qo`yadi. Holbuki jinoyat kodeksida har bir jinoyat uchun jazo muqarrar ekanini belgilangan.  

«Samosud» natijasida kishi — kimnidir jazolash uchun aybdlanuvchiga aylanib qolishi mumkin. Agar ular bu orqali kimgadir tan jarohati etkazsa, Jinoyat kodeksining 104-, 105-, 109-moddalari bo`yicha chora ko`rilishiga olib keladi» , dedi  Bosh prokuratura mas`ul xodimi.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar