AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanidan ishtirok etgan Moliya vazirligi depertament direktori Adham Eshjonovning ta`kidlashicha, agar o`qituvchining ijara shartnomasi yo`q bo`lsa, ijara xarajatlari uchun hisob-kitobini amalga oshirib bo`lmaydi.
"Normativ-huquqiy hujjatlarda, odatda, uning qachondan kuchga kirishi ko`rsatiladi. Agar hujjatda sana ko`rsatilmagan bo`lsa, u OAVda e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi. Oldingi sanalar uchun hujjat asos bo`la olmaydi.
Demakki, agar o`qituvchi sentyabr oyidan buyon boshqa hududda mehnat qilayotgan bo`lsa va uning faoliyati "Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari"gi Prezident qarori talablariga mos bo`lsa, yanvar oyidan boshlab unga qo`shimcha ustamalar to`lash mumkin bo`ladi», dedi departament direktori.






