AsosiyJamiyat

O`zbekiston aholisi soni 34,5 mln nafarga etdi

'O`zbekiston aholisi soni 34,5 mln nafarga etdi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko`ra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,5 mln. kishini tashkil etmoqda.

Aholi soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan 653,7 ming kishiga ko`paygan.

Doimiy aholining o`sish sur`ati 101,9 % ga teng.

Mamlakatimiz aholisi har oyda o`rtacha 54,5 ming kishiga ko`paygan.

2020 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o`rtacha 1,8 ming kishiga oshgan.

Avvalroq, yil boshidan buyon aholimizning 391,4 ming kishiga yoki 1,2 foizga oshgani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar