Bugun, 15 yanvar kuni “O`zmetkombinat” AJ rahbariyatining xorijiy davlatlardagi oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan bekobodlik yoshlar bilan ochiq muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda kombinat axborot xizmati xabar bermoqda.
Kombinat boshqaruv raisi Jahongir Mustafaevning tashabbusi bilan “Yoshlar – Yangi O`zbekistonning drayveri” shiori ostida o`tkazilgan bu tadbirda metallurgiya mamlakat iqtisodiyoti “drayverlari”dan biriga aylanishi uchun yoshlar munosib hissalarini qo`shishlariga ishonch bildirildi.
Ochiq muloqotda kombinat rahbariyatining taklifi bilan yoshlarning rasionalizatorlik takliflarini qabul qilib olish va uni amaliyotga tadbiq etish maqsadida kombinat rasmiy saytida innovasion g`oyalar portali ochildi.






