Farg`ona viloyati O`zbekiston tumanida 12 yanvar kuni fuqaro J.P. “Damas” rusumli avtomashinasini Daxana-qaqir qishlog`i hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan M.Z. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomashinasi bilan to`qnashgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
YTH oqibatida, damas xaydovchisi J.P. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









