AsosiyJamiyat

“Kamolon”da Epica`ning yonib ketishiga gaz balloni sabab bo`lmagan

1 fevral kuni Toshkent shahridagi “Kamolon” ko`prigi yaqinida qora rangdagi Epica avtomobili yonib ketgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur yong`in aks etgan videotasvir ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib ketdi. Aksariyat internet foydalanuvchilari avtomobilning yonib ketishiga unga o`rnatilgan gaz ballonidan gaz sizib chiqishi sabab bo`lgani haqidagi taxminlarni ilgari surgan edi.

“Darakchi”  mobil muxbiri Erkin Gaipov avtomobil egasining tanishi bilan bog`lanib, voqea tafsilotlariga oydinlik kiritdi.  Unga ko`ra, Epica`ning yonib ketishiga  Start/stop  tugmasining noto`g`ri ishlashi oqibatida kelib chiqqan qisqa tutashuv sabab bo`lgan.  

 Mobil muxbirimizning ma`lum qilishicha, u shuningdek, yonayotgan paytda ko`p odam to`plangani o`t o`chiruvchilarning  avtomobilga yaqinlashishga xalaqit berganligini ham aytib o`tgan.

 

  

    Boshqa yangiliklar