1

Buxoroda ayol rashk sabab erini pichoqlab qo`ydi

Jinoyat 17.01.2021, 18:20
Buxoroda ayol rashk sabab erini pichoqlab qo`ydi

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi ayol rashk sabab erini pichoqlab qo`ydi.
 

Qotillik jinoyati 2021 yilning 12 yanvar kuni tumanning «Quyi Chuqurak» mahallasida sodir bo`lgan.

«Quyi chuqurak» mahalla fuqarolar yig`ini raisi Jasur Nasulloevning “Daryo”ga ma`lum qilishicha, 1965 yilda tug`ilgan fuqaro B.Sh. hamda uning 1983 yil tug`ilgan turmush o`rtog`i R.X. o`rtasidagi rashk jinoyatga sabab bo`lgan.

Qayd etilishicha, er-xotin 2008 yil turmush qurgan bo`lib, har ikkalasi ham avvalgi turmushidan ayrim sabablarga ko`ra ajrashgan.


Jinoyat sodir bo`lgan kuni Buxoro viloyati prokurori, viloyat IIB boshlig`i tomonidan tuman hokimi va sektor rahbarlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida mahalladagi ushbu jinoyat muhokama qilingan. Jinoyatning kelib chiqish sabablari tahlil qilingan. Va jinoyatning sodir etilishiga mahallada mahallabay va xonadonbay ishlash tizimining to`liq yo`lga qo`yilmagani sababligi ma`lum bo`lgan.

Viloyat IIB axborot xizmati rahbariga ko`ra, ushbu holat yuzasidan Shofirkon tuman prokuraturasi tomonidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko`rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1