AsosiyJamiyat

Chiroqchi va Mirishkorda fuqarolar YPX xodimlari tomonidan kaltaklangani bo`yicha tekshiruv olib borilmoqda

'Chiroqchi va Mirishkorda fuqarolar YPX xodimlari tomonidan kaltaklangani bo`yicha tekshiruv olib borilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chiroqchi va Mirishkor tumanlarida fuqarolar YPX xodimlari tomonidan kaltaklangan” mazmunda xabarlar tarqalgan edi. 

IIV Axborot xizmatining xabar berishicha, holat bo`yicha Ichki ishlar vazirligi O`z xavfsizligi boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo`yicha bo`limi tomonidan tekshiruv olib borilmoqda.

Tekshiruv yakunlariga ko`ra, tomonlar xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, tegishli chora ko`riladi va qo`shimcha axborot e`lon qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlarning faollaridan tekshiruv yakuni bo`yicha rasmiy ma`lumot berilgunga qadar noo`rin mish-mishlarni tarqatmaslik so`raldi.

 

    Boshqa yangiliklar