AsosiyJamiyat

Farg`onada “og`u” atrofida birlashgan zanjir fosh etildi

'Farg`onada “og`u” atrofida birlashgan zanjir fosh etildi'ning rasmi

Joriy yilning 12 yanvar kuni IIV JQBB, Farg`ona viloyati IIB JQB, TVBSO xodimlari hamda DXX Farg`ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Farg`ona shahrida yashovchi 1982 yilda .t. Z.K. ga tegishli bo`lgan Farg`ona shahar Muqimiy ko`chasidagi uyi ko`zdan kechirilganda o`ziga xos rangli, o`tkir hidli “gashish” va “nasha” giyohvandlik moddalariga o`xshash moddalar borligi aniqlandi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu “gashish” giyohvandlik moddasini Farg`ona tumani “Log`on” mahallasida yashovchi 1993 y.t. O.J. Qirg`iziston Respublikasidan aylanma yo`llar orqali olib kirib Farg`ona shahar “Yormazor” mahallasida yashovchi 1988 y.t. J.M. ga berganligi, J.M. esa ushbu giyohvandlik moddasini Farg`ona tumani “Damko`l” mahallasida yashovchi 1989 y.t. “Shayton” laqabli X.D. ismli tanishiga sotish maqsadida Farg`ona shahar Muqimiy ko`chasidagi uyga olib kelganligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda gumonlanuvchilar Jinoyat prosessual kodeksining 224- moddasi tartibida ushlangan, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar