Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 93 million 194 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 014 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Bu haqda SSV rasmiy kanalida xabar qilindi.
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 683 378 yangi holati aniqlandi, 12 893 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (18.01.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 95 million 042 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 030 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 23,344 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,557 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (8,393 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,568 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (3,357 milliondan ortiq).






