AsosiyJamiyat

Buxoro shahar madaniyat bo`limi sobiq rahbariga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Buxoro shahar madaniyat bo`limi sobiq rahbariga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

263 mln so`mlik texnikalarni o`zlashtirgan Buxoro shahar madaniyat bo`limi sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar qildi. 

Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Buxoro shahar madaniyat bo`limi sobiq rahbari V.N. va boshqalar madaniyat bo`limiga tegishli 24 dona 89,8 mln so`mlik rangli “LED” ekranlarini belgilangan talablarga zid ravishda hisobdan chiqarganliklari hamda viloyat madaniyat boshqarmasidan qabul qilib olingan 173,6 mln so`mlik “LED” ekranlarini Buxoro shahar madaniyat bo`limiga topshirmasdan 263,5 mln so`mlik davlat mulkini rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan V.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar