Fuqaroni Andijon davlat universitetiga turmush o`rtog`i orqali o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan ayol ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Sh.T. fuqaro R.R.ning ishonchiga kirib uning jiyanini Andijon davlat universitetida ishlovchi turmush o`rtog`i va boshqa tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yish evaziga 4 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.