AsosiyDunyo

Aleksey Navalniyga 15 fevralga qadar qamoq jazosi tayinlandi

'Aleksey Navalniyga 15 fevralga qadar qamoq jazosi tayinlandi'ning rasmi

Ximki shahar sudi siyosatchi Aleksey Navalniyni 15 fevralga qadar hibsga oldi, deb xabar berdi “Interfaks” uning matbuot kotibi hamda advokatiga tayanib.

Navalniy ushbu hodisalarni "qonunbuzarlikning eng yuqori darajasi" deb atadi. 

Uning advakati Kobzev «Interfaks» ga hibsga olish to`g`risidagi qaror ustidan shikoyat qilinishini aytgan. Sud ushbu iltimosnomani sanitariya-epidemiologiya xavfsizlik sabab Ichki ishlar vazirligi shahar ma`muriyatining 2-bo`limida bo`lib o`tgan sayyor yig`ilishda ko`rib chiqdi, deb tushuntirgan IIV Moskva viloyati Bosh boshqarmasi matbuot xizmati. 

Eslatib o`tamiz, Navalniy 17 yanvar kuni Sheremetevo aeroportida hibsga olinganidan keyin Ximki shahridagi polisiya bo`limiga olib ketilgan. Uni pasport nazoratidan o`tishga ulgurmasdan uni hibsga olishdi. U koronavirus uchun test natijasini olishga ham ulgurmagan. Shu sababli, bostirish chorasi sifatida sud majlisini milisiya bo`limida o`tkazishga qaror qilindi va sud o`tkaziladigan binolarga kirish cheklangan edi. Navalniyni hibsga olish paytida advokat Olga Mixaylova o`zi bilan Germaniyadan uchib kelgan va uning so`zlariga ko`ra barcha kerakli hujjatlarga ega bo`lgan, biroq uni ko`rishga ruxsat berilmagan. 

Mavzuga doir:

Baydenning maslahatchisi Navalniyni zudlik bilan ozod qilishni talab qildi, unga javoban Zaxarova...

 

    Boshqa yangiliklar