Prezidentning 2020 yil 3 dekabrdagi .”Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik liseylarni takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risi”dagi PQ- 4910-son qarori ijrosi ta`minlash maqsadida O`zbekiston Milliy universiteti“Tabiiy va aniq fanlar”ga ixtisoslashtirilgan S.H.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik liseyida joriy yil uchun 3.5 mlrd so`m ajratiladi.
Ushbu mablag`lar iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulg`ayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga bo`lgan intilishlarini rag`batlantirish, intellektual va ijodiiy salohiyatini ro`yobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish hamda akademik lisey o`qituvchilarining ta`lim-tarbiya jarayonidagi yuqori natijalarga erishganligini rag`batlantirishga, shuningdek akademik liseyni moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratiladi.
Yaqinda O`zbekiston Milliy universiteti ko`magida akademik lisey optik tolali internet tarmog`i keltirilib, lisey hududi to`liq wifi zonaga aylantirildi. Liseyning o`qitilayotgan fanlar bo`yicha ma`lumotlar O`zbekiston Milliy universitetining maxsus platformasiga joylashtirildi.
Respublika fan olimpiadasining 2021 yil 5-6 yanvar kunlari Toshkent shahri bo`yicha o`tkazilgan bosqichida matematika, fizika va informatika fanidan eng yuqori o`rinlarni akademik lisey o`quvchilari egallashdi.