Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati Darakchiga xabar bermoqda.
«Ko`mir ta`minot» MChJga qarashli Oltiariq ko`mir ombori sobiq mudiri M.M. o`zining moddiy javobgarligida bo`lgan umumiy qiymati 807,1 mln so`m bo`lgan 1 566 tonna ko`mir mahsulotlarini sotib yuborib, o`zlashtirish yo`li bilan talon-taroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






