Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, yo`l-ta`mirlash ishlarini jadallashtirish, ishlarni tezroq yakunlash maqsadida Ahmad Donish ko`chasining Amir Temur shoh ko`chasi ustidan o`tgan ko`prikning bir tarafi, ya`ni 7-son (oldingi 17-son) Shahar klinik shifoxonasidan Yunusobod metrosi yo`nalishidagi (mo`ljal: Universam) qismi avtotransport vositalarining qatnovi uchun to`liq yopiladi.
Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo`llar orqali harakatlanishni tavsiya etilmoqda.






