AsosiyJamiyat

Bloger Fotima Jo`raevaning Andijon sud binosi oldida ochlik e`lon qilgani - madaniyatning etishmasligidan — Sudyalar oliy kengashi

'Bloger Fotima Jo`raevaning Andijon sud binosi oldida ochlik e`lon qilgani - madaniyatning etishmasligidan — Sudyalar oliy kengashi'ning rasmi

«Effekt.uz» sayti xodimlarining jinoyat ishlari bo`yicha Termiz tuman sudi faoliyatiga oid ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan lavhasi bo`yicha holatga huquqiy baho berish uchun Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan Bosh prokuror nomiga taqdimnoma kiritilgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati rahbari Tursunali Akbarov ma`lum qildi. 

Tursunali Akbarovning aytishicha, ayni kunlarda tegishli prosessual harakatlar olib borilmoqda.

" - Bloger Fotima Jo`raevaning jinoyat ishlari bo`yicha Andijon shahri binosi oldida  ochlik e`lon qilganini nafaqat huquqiy malakasi va madaniyati etishmaslik, balki noxolisligi, sun`iy ravishda vaziyatga siyosiy tus berib, shu orqali jamoatchilik e`tiborini tortgan holda sudga bosim o`tkazish, deb hisoblaymiz.  Va mazkur holatga tegishli huquqiy baho berilishi lozim deb bilamiz», - dedi Axborot xizmati rahbari.

 

    Boshqa yangiliklar